Anxel Di Mariya: «Umid qilamanki PSJ Evropadagi so'nggi klubim bo'ladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293
PSJ yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya faoliyatining qolgan qismini qanday o'tkazishni xohlashi haqida gapirdi.
"Hozirda yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borilmayapti. Mening kelishuvim yana bir yarim yilga mo'ljallangan va men bundan tashvishlanmayman.
Birinchi kundan boshlab aytganman: PSJ mening Evropadagi so'nggi klubim bo'lishiga umid qilaman va keyin Argentinaga qaytaman, - dedi 31 yoshli yarim himoyachi.
Ushbu mavsumda Di Mariya Frantsiya chempionatida 19 ta uchrashuv o'tkazib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Manba: sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!