Mostovoy: "Valensiya" Cherishevsiz o'ynashga o'rganib qoldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 285
Ispaniyaning «Selta» va Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy La Liganing 21-tur doirasida bo'lib o'tadigan «Valensiya» hamda «Barselona» klublari o'rtasidagi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
- «Valensiya»ni uy jamoasi degan bo'lardim. O'z muxlislari ko'z o'ngida kamdan kam holatda mag'lubiyatga uchraydi. Yaqinda u erda «Real» mo''jiza sababli so'nggi soniyalardan mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Afsuski, maydonda Cherishevni ko'rmaymiz. Afsus, Denis tez-tez jarohat olmoqda, jamoa usiz o'ynashga o'rganib qoldi. Taxminimcha, «Valensiya» ushbu uchrashuvda mag'lubiyatga uchramasa kerak. Yoki «Barselona» minimal hisobda g'alaba qozonishi mumkin, —Mostovoyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport24.