Dibala: "Yuventus"dan ketishga yaqin kelgandim”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 240
Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Paulo Dibala o'tgan yili yozda jamoadan ketishga yaqin kelganini tan oldi.
— Jamoadan ketishga juda yaqin kelgandim. Klub bu variant haqida o'ylagandi. So'nggi daqiqagacha kutgandik. Jamoa bilan ikki yillik shartnomam qoldi. Bu oz muddat emas, lekin ko'p ham deb bo'lmaydi. Ko'ramiz, klubdagilarning rejalari qanday ekan. Bu ularning qarori bo'lishi kerak. Nimadir deyish qiyin, chunki barchasi soniyalar ichida almashib ketishi mumkin. Bu erda menga yaxshi munosabatda bo'lishmoqda va men bundan baxtliman. Sarri meni jamoada qolishimni xohladi. U menga ko'p narsalar o'rgatishini bilgandim, — dedi Dibala The Guardian nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!