Frenk Lempard: "Chelsi" hujumchi sotib olmoqchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard qishki transfer bozorida tarkibga hujumchi olib kelish niyatida ekanligini aytib o'tdi.
- Tarkibimizga hujumchi sotib olish niyatidamiz. So'nggi uchrashuvlarda shu muammolar yaqqol ko'zga tashlanib qoldi. Har bir uchrashuvda 20ga yaqin vaziyatlarni sodir qilyapmiz, biroq, yakunda gol kirita olmayapmiz. Jiru? Hammasi avvalgidek. U bilan muzokara olib borishdi, lekin u hali bizning futbolchimiz hisoblanadi. Bizda tanlash imkoniyati bor. Yangi futbolchilar bilan shartnoma tuzish yanvar oyi qulay oy hisoblanmaydi. Asosiysi to'g'ri tanlov qilish kerak. Men bu haqda o'ylayotganimni klubdagilar yaxshi tushunib turishibdi, —Lempardning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.