Saloh “Manchester Yunayted”ni ustidan kuldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 554
“Mankunianlar” joriy mavsumda “Liverpul”dan ochko tortib olgan birinchi jamoaga aylangandi.
Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh APLning 23-tur doirasida “Manchester Yunayted” klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Jurnalistlar misrlik futbolchiga “MYu” “Liverpul”dan joriy mavsumda ochko olgan birinchi jamoa ekanligini eslatishdi va Salohdan quyidagi javobni olishdi: "To'g'ri, chunki men o'shanda jarohat olgan edim".
"Jiddiy aytadigan bo'lsam, ular bizga qarshi yaxshi o'yin namoyish etishdi. O'shanda g'alaba qozonish uchun imkoniyatga ega bo'lgandik. Lekin, hozir oldimizda turgan o'yin haqida o'ylayapmiz va g'alaba qozonishni ko'zlayapmiz", - Salohning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda TV 2 Sporten telekanali.
Eslatib o'tamiz, “Liverpul” – “Manchester Yunayted” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 19 yanvar kuni soat 20:30da bo'lib o'tadi.