Idish-tovoq yuvuchidan yulduzgacha
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 563
Hozir Virjil Van Deyk yoshligida nimjongina bola bo'lgan desa, hech kim ishonmasligi aniq. Darhaqiqat, e hech qachon futbol jamoalarida alohida itqidor sifatida qayd etilmagan va ko'rimsizgina bola edi. Yosh Virjilda iqtidor ham pul ham yo'q edi. Uning atrofidagi barcha pul topishning yo'llarini qidirishni maslahat berar, o'spirinning futbol olamidagi yutuqlarga ko'zi etmasligini har kuni takrorlashdan charchashmas edi. Shunga qaramay, uning bolalikdagi orzusi va mehnatkashligi barchasini engib o'tishiga ishonch bag'ishlashda davom etdi...
Haqiqatdan ham Virjilga pul kerak edi. U to'p surgan jamoalar unga maosh bermas, Virjil uyi yonidagi oshxonada mashg'ulotlardan so'ng, soatiga 3 evro evaziga idish tovoqlarni yuvar edi. U o'z ishini qunt bilan bajarar, oshxona egasi unga futbolni tashlashni maslahat berishda davom etaverar edi. Mashg'ulotlardan shoshib chiqqan qahramonimiz o'z velosipedida shaharning narigi burchagi sari intiladi. Ulgurish kerak. Qancha erta borsa, shuncha ko'proq ishlab olish imkoni mavjud bo'ladi. O'z-o'zidan savol tug'iladi. Uning ota-onasi qaerga qaragan? Afsuski, Virjilning bolaligi quvnoq xotirlarga boy emas. E'tibor berib qarasangiz, Van Deyk «Liverpul» jamoasidagi libosida o'z familiyasini emas, ismini yozib qo'ygan.
Gap shundaki, futbolchi otasidan qattiq xafa bo'lgan. Virjilning onasi kelib chiqishi Surinamlik bo'lgan bo'lsa, Virjilning dadasi Gollandiyaning Breda shaxarchasida. Oila turmush quradi va farzandlar soni 3 taga etgach, ota-onasi ajrashishadi. Bu voqeyadan so'ng, Virjil o'zini futbol to'garagiga etaklab olib borgan otasidan voz kechadi. Avvaliga futbolchi juda qiynaladi, keyin barchasi o'z iziga tushib ketadi.
Ma'lumotlarga qaraganda Virjilning otasi futbolchining mashxurligi yoki boyligi bilan sira ishi yo'q ekan. U doimmo intervyulardan qochib yurar, shunchaki og'lining yutuqlari bilan faxrlanib yuruvchi inson sifatida doimmo chetda! Virjilning Gollandiyadagi ustozlarining aytishicha, futbolchi aynan otasining harakatlari evaziga etuk futbolchi bo'lib etishgan. Avvaliga «Villem 2» tezligi pas va kichik jussali futbolchini jamoga qabul qilishdan bosh toratadi. Oradan bir yil o'tib Virjilning bo'yi 20 santimetrga o'sadi va klub murabbiylari unga yana bir imkon beradi. To'g'ri, klub uni o'zida saqlab qoladi biroq, asosiy tarkibdagi joy borasida muammolar paydo bo'la boshlaydi. Ko'p o'tmay «Groningen» klubiga o'tib ketgan qahramonimiz bir mavsumdayoq asosiy jamoaga qo'shilib oladi. Endilikda u yahshigina maosh olar, lekin oddiygina bo'ydor himoyachilardan farq qilmas edi.
Keyin uning xayotida og'ir kunlar boshlandi. Futbolchi birin ketin jarohlik stoliga yotishni boshladi. Avvaliga ko'ruchak, keyin infektsiya bilan uzoq vaqt kurashishga majbur bo'ldi. Ish shu darajaga etib bordiki, qahramonimiz vasiyatnoma yozishga qaror qiladi. Unga ko'ra futbolchining hisob raqamidagi 50 ming evroga yaqin pul uning turmush o'rtog'iga emas, onasiga borib tegishi mo'ljallanadi. Barcha qiyinchiliklarni engib o'tgan himoyachiga «Groningen» ishonishni istamaydi va uni 3 million evro evaziga «Seltik» klubiga sotib yuboradi. Shu joyda futbolchining karierasida pasayish kuztilishi, Virjilning o'zida katta orzular qolmasligi kerak edi, biroq hammasi o'zgacha ko'rinish oldi. Kuchli parhez orqali sog'lig'ini tiklab olgan Virjil maydonda mukammal o'yin ko'rsatishni boshladi. Uning jismoniy imkoniyatlari yaxshilangani sari maydondagi foydali harakatlarning soni ortib bordi. Ko'p o'tmay APLga kelgan qahramonimiz dunyoning eng qimmat himoyachisi maqomida «Liverpul» safiga borib qo'shiladi.
Gollandiyaning akademiyalari iqtidorlarni kashf etish bo'yicha har qancha kuchli bo'lishmasin, ular Virjilni payqashmagani g'alati xolat. Bundan bir necha yillar ilgari, velosipedda idish tovoq yuvish uchun shoshib ketayotgan bolakayning hozir barcha taniydi. «Oltin to'p» voqeyasidan so'ng, unga bo'lgan qizish keskin oshib ketdi. To'g'ri u g'olib chiqmadi, lekin Ronaldu va Messi davrida himoyachi bo'la turib oxirgacha kurash olib borishga muvaffaq bo'ldi. Shuning o'zi uni naqadar katta yutuqqa erishganining isboti.