«Navbahor»ning yoshlari ham tayyorgarlikni boshlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8231
Namanganning “Navbahor” yoshlar jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Mashg'ulotlar Namangan shahridagi “Navbahor - Umid” akademiyaga ixtisoslashtirilgan futbol maktabi maydonida o'tkazilmoqda.
Unda yoshlar jamoamizning o'tgan yilgi ayrim a'zolari bilan birgalikda bir qator yosh futbolchilar ham ishtirok etib, ko'rikdan o'tishmoqda.
Ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganlar yangi mavsumda yoshlar jamoamiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Mashg'ulotlarni murabbiylar – Rahim G'ofurov, Ravil Galeev va Anvar Hafizov olib borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!