O'zbekiston MTJ Sharja shahridagi dastlabki mashg'ulotni o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22406
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Dubay shahridan Sharjaga ko'chib o'tgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Futbolchilarimiz bugun Sharjadagi "Sharjah Club Al Hazana" o'yingohida dastlabki mashg'ulotni o'tkazishdi. Mashg'ulot davomida tezkor uzun paslar bilan hujumga o'tishga va havodagi to'p uchun kurashishga asosiy e'tibor qaratildi.
Shundan so'ng futbolchilar ikki guruhga bo'lingan holda futbol o'ynashdi. Kuper ularning xatti-harakatlarini kuzatib, vaqti-vaqti bilan alohida futbolchilarni yoniga chaqirib, ularga ko'rsatmalar berib turdi.
Ertaga Sharjadagi mashg'ulotlar davom ettiriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!