Luchesku: «Yuventus» Villian uchun ideal jamoa bo'lardi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 311
"Zenit"ning sobiq bosh murabbiyi Mircha Luchesku "Chelsi" yarim himoyachisi Villianni "Yuventus"ga o'tishi kerak deb hisoblamoqda.
Avvalroq, Villian Luchesku rahbarligi ostida "Shaxtyor"da to'p surgan.
"Villianning" Chelsi "bilan shartnomasi yakunlanmoqda. Londonda o'tgan yillaridan so'ng jamoasini o'zgartirish yomon bo'lmasdi. "Yuventus" u uchun ideal jamoa bo'lardi", - deydi Luchesku.
Ushbu mavsumda braziliyalik futbolchi APLda 11 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.
Uning "Chelsi" bilan shartnomasi mavsum so'ngida nihoyasiga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!