Xabi Alonso «Bavariya»ni boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 307
"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi Xabi Alonso klub rahbariyati tomonidan bosh murabbiy lavozimiga da'vogarlardan biri sifatida ko'rilmoqda, deb xabar beradi The Athletic nashri.
Avvalroq Myunxen jamoasi "Chelsi", "Inter", "Real" va "Manchester Yunayted" sobiq murabbiyi Joze Mourinoni taklif qilishdan manfaatdor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, 3-noyabr kuni "Bavariya" Niko Kovachni lavozimidan ozod etgan edi.
Ma'lumot uchun 11-turdan so'ng "Bavariya" 21 ochko to'plab turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!