«Yuventus» futbolchisi jiddiy jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 401
“Yuventus” yarim himoyachisi Blez Matyuidi A Seriya 12-turidan o'rin olgan “Milan”ga qarshi kechgan bahsda jarohat olgandi.
Frantsiyalik futbolchi jarohat sabab 70-daqiqada maydonni tark etgandi. Tibbiy ko'rik xulosalariga ko'ra, 32 yoshli futbolchining 10-qovurg'asi singan.
Shu tariqa, Matyuidi Frantsiya terma jamoasi yig'inini o'tkazib yuboradi.
La Gazzetta dello Sport’ning xabariga ko'ra, futbolchining A Seriya 13-turidan o'rin olgan “Atalanta”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi ham so'roq ostida turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!