O'zbekiston MTJ Dubay shahrida navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13028
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Dubay shahrida navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdi. Bugungi mashg'ulotlar "The Sevens Stadium" o'yingohida bo'lib o'tdi.
Bugun Kuper e'tiborni asosan standart vaziyatlarni mashq qilishga qaratdi. Futbolchilar burchakdan to'p oshirilganda qanday harakat qilish zarurligi, kimning vazifasi nimadan iboratligi bo'yicha murabbiydan aniq ko'rsatmalar olishdi.
Bundan tashqari jarimalardan zarbalar yo'llash mashq qilindi. Ertaga terma jamoa Sharja shahriga yo'l oladi. Mashg'ulotlar o'sha erdagi stadionda davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!