“Qo'qon-1912” futbol klubida yig'ilish bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309
Bugun “Qo'qon-1912” futbol klubi ofisida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda jamoa rahbariyati hamda yoshlar jamoasining murabbiylar shtabi ishtirok etishdi.
Yig'ilishda U 21 jamoasining so'ngi o'yinlardagi qoniqarsiz natijalari masalasi ko'rib chiqildi.
Yig'ilishda “Qo'qon-1912” jamoasi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov so'z olib jumladan shunday dedi.
- “Hurmatli o'rtoqlar barchangizga ma'lumki, so'nggi paytlarda U 21 jamoasi ko'rsatyotgan o'yin va natijalar barchamizni , shu jumladan jamoamiz muxlislarini ranjitmoqda. Kecha bo'lib o'tgan “Qizilqum” jamoasi yoshlari bilan o'yinni stadionda ko'rib shunday xulosaga kelish mumkinki, futbolchilar birinchi marta maydonga tushayotgandek tasavvur uyg'otmoqda. Yoshlarimizning turnir jadvalida turgan o'rni ham barchasini ko'rsatib turibdi. Bu natijalarda murabbiylar shtabidan tortib barchamizning aybimiz bor. Oxirgi yillarda yoshlar jamoamizdan bironta ham futbolchi asosiy tarkibga o'tmadi. Vaholanki bu jamoaning asosiy maqsadi asosiy tarkibga futbolchi etishtirib berish. Mavsum yakuniga qisqa vaqt qoldi, shunday ekan ishga bo'lgan munosabatni o'zgartirishimiz kerak. Yoshlar jamoamizga nima etishmayapti ? Nima uchun selektsiya ishlarida xatoliklarga yo'l qo'yildi? Bu savollarga kim javob beradi ? U 21 jamoasi murabbiylariga qolgan 4 ta uchrashuvni ijobiy natija bilan yakunlash, klub vitse-prezidenti Vitaliy Nikolaevich Ni hamda jamoa boshlig'i Shuhratjon Mo'minovlarga yoshlar jamoasi ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasini topshiraman”-dedi jumladan B Tolipov.
Shuningdek yig'ilishda “Qo'qon-1912” futbol klubi vitse-prezidenti V N Ni va boshqalar so'z olib , jamoaning yoshlar tarkibi ishtirokidagi o'yinlarda barcha bir yoqadan bosh chiqarib murabbiylarga yordam berish lozimligini , mavsumning qolgan o'yinlarida ijobiy natijalar qayd etib muxlislarni xursand qilish lozimligini ta'kidlashdi. . Yig'ilishda klub rahbariyati tomonidan kelasi yil uchun selektsiya ishlarini hozirdan boshlash lozimligi borasida murabbiylar shtabiga topshiriqlar berildi.
“Qo'qon-1912” klubi boshqaruv kengashi qaroriga asosan U 21 jamoasi murabbiylar shtabi ogohlantirilib, mavsum oxiriga qadar ularga so'nggi imkoniyat berildi. Natija o'zgarmaydigan bo'lsa , mavsum yakunida tashkiliy masala ko'rib chiqishi ta'kidlab o'tildi.