"Chelsi" "yangi Messi" bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Chelsi" hozirdanoq "Palmeyras" hujumchisi Estevao Villianning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. 17 yoshli futbolchini vatanida Messino yoki kichik Messi deyishadi. The Athletic xabariga ko'ra, London klubi ushbu transferni muvaffaqiyatli amalga oshirishiga ishonmoqda.
"Palmeyras" Estevaoni 30 million evro va bonuslar evaziga sotishga tayyor. Yosh forvardning amaldagi shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, “Chelsi” hozirda Angliya chempionati turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa Premer-ligadagi navbatdagi o'yinini 11 may, shanba kuni raqib maydonida "Nottingem Forest"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!