Dzanetti Barella va Martinesning shartnomalari bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Inter" vitse-prezidenti Xaver Dzanetti yarim himoyachi Nikolo Barella va hujumchi Lautaro Martinesning shartnomalari bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"Tasdiqlashim mumkinki, Barella va Lautaro yangi shartnomalar imzolaydi. Buni ishonch bilan aytish mumkin. Tez orada ikkala futbolchi bilan ham kelishuvga erishamiz. Klub va futbolchilar hamkorlikni davom ettirishni istamoqda", - deya Dzanetti so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Barella va Martines bu mavsumda jamoaga Skudettoni qo'lga kiritishga yordam bergan "Inter"ning asosiy o'yinchilaridir.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!