Pochettino: "Umid qilamanki, Nkunku va Koliull o'yinga tayyor bo'ladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Kristofer Nkunku va Levi Koluillning jarohatidan qaytishi haqida gapirdi.
"Ular nihoyat safga qaytishga yaqin. Umid qilamizki, ular yakshanba kungi "Vest Xem"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishadi.
Lekin biz hali ham ular raqobatga dosh bera oladimi yoki yo'qmi, degan qarorni kutyapmiz", - dedi Pochettino.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Nkunku oxirgi marta 25 fevral kuni "Liverpul"ga qarshi Liga kubogi finalida, 2 mart kuni Koluill "Brentford"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi.
“Chelsi” 5 may yakshanba kuni “Vest Xem”ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!