Saudiya klublari Salohni faqat bir shart bilan qo'lga kiritishga harakat qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh kelasi yozda Saudiya Arabistonida o'ynashi mumkin. Mahalliy klublar 31 yoshli misrlik futbolchining o'zi "Liverpul"ni tark etish istagini bildirsagina, uni qo'lga kiritishga harakat qiladi.
Salohning mersisaydliklar klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Avvalroq misrlik o'z kelishuvini oxirigacha ishlab chiqish niyatida ekani, shu bois Saudiya Arabistoniga transfer hozircha dargumon deb ko'rilayotgani haqida xabar berilgandi.
Transfermarkt Salohni 65 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda hujumchi Premer-ligada 17 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!