Xalqaro ot sporti federatsiyasi bilan O'zbekistonda "Challenge" turnirini o'tkazish bo'yicha kelishuvlarga erishildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12
Shveytsariyaning Lozanna shahrida XIII Xalqaro Ot Sporti federatsiyasi forumi bo'lib o'tdi. Forumda 230 dan ortiq delegatlar ishtirok etdi.
Mazkur forumda O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Baxromjon Gaziev va vitse-prezident Viktoriya Aleksandrina ishtirok etdi.
Sport forumi doirasida bir qator muzokaralar o'tkazilib, unda 2024-2025-yillarda Shveytsariyadan tajribali veterinar, fermer va murabbiylarni O'zbekistonga taklif etish, otlarni rivojlantirish va tanlashda birgalikda ishlash va FEI xalqaro federatsiyasi bilan O'zbekistonda "Challenge" turnirini o'tkazish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Manba: MinsportuzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!