Xummels: "Parijdagi o'yin qiyin kechadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
Mats Xummelsning fikricha, dortmundliklar "PSJ"ga qarshi o'yinni mukammal o'tkazgan.
Dortmundning “Borussiya” klubi Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi o'yinida “PSJ”ni mag'lub etdi (1:0).
“Biz yuqori darajadagi o'yin o'tkazdik. Muxlislar juda etuk o'yin tomosha qilishdi. Biz bir-birimizga eng yaxshi o'yinimizni o'tkazishga yordam berdik.
Chempionlar ligasi yarim finalida xotirjamlikni saqlash va to'g'ri qaror qabul qilish oson emas, lekin biz buni uzoq vaqt davomida yaxshi bajardik.
Albatta, biz “Uembli”ga borishni istaymiz, lekin Parijdagi o'yin qiyin kechadi.
Finalga chiqmoqchi bo'lsak, Parijda ham raqibni engishimiz kerak", - dedi «Borussiya» himoyachisi Mats Xummels.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!