Baenaga APLdan ham taklif tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
“Aston Villa” jamoasi tarkibini kuchaytirish ustida ishlamoqda.
Birmingem uchun yozda kuchayishi muhim, ayniqsa keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga yo'llanma olsa, raqobatli tarkib talab etiladi.
Relevo xabariga ko'ra, villaliklar "Vilyarreal"dan hujumkor yarim himoyachi Aleks Baenani maqsad qilgan.
Yozgi transfer oynasida ingliz klubi 22 yoshli futbolchining transferini yakunlashga harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq mish-mishlar Baenani "Barselona" bilan bog'lagan edi. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 25 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!