"Vulverxempton"ning chap qanot himoyachisiga uchta top-klub qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
"Vulverxempton"ning chap qanot himoyachisi Angliya Premer-ligasining uchta top-klubining transfer maqsadiga aylandi. Gap Rayan Ait-Nuri haqida ketmoqda.
Jurnalist Grem Beylining yozishicha, jazoirlik himoyachi xizmatlariga "Chelsi", "Liverpul" va "Manchester Siti" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda. "Vulverxempton" kelasi yozda Rayanni sotishga tayyor.
22 yoshli Ait-Nuri ushbu Angliya chempionatida ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!