"Bavariya" Rangnik bilan yakuniy tafsilotlarni kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
Myunxenning "Bavariya" klubi yangi mavsumdan boshlab jamoaning yangi bosh murabbiyi bo'lishi kerak bo'lgan Ralf Rangnik bilan shartnomaning yakuniy tafsilotlarini kelishib oldi.
Tomonlar ko'p detallar, jumladan, murabbiyning transferlarga ta'siri borasida kelishib olgan. Rangnik Evro-2024 yakuniga qadar Avstriya terma jamoasini boshqarishda davom etishi kutilmoqda, shundan so'ng u Myunxenga o'tadi.
Avvalroq "Bavariya" muxlislari rahbariyatdan Rangnik nomzodidan voz kechishini talab qilib petitsiya tuzgan edi. Petitsiya Internetda 10 ming imzo to'plagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!