"Atletiko" sobiq futbolchisi Madridni tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
Jurnalist va insayder Fabritsio Romanoning fikricha, kolumbiyalik hujumchi, "Rayo Valekano" a'zosi Radamel Falkao kelasi yozda ispan jamoasini tark etadi.
Falkaoning "Rayo Valekano" bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va u uzaytirilmaydi, 38 yoshli forvard erkin agentga aylanadi.
Falkao 2021 yilning kuzidan beri “Rayo Valekano”ga tegishli. Joriy mavsumda futbolchi klub safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
U 2011-13 yillarda Madridning "Atletiko" klubida to'p tepgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!