Arteta Vengerdan chempionlik sirlarini o'zlashtirgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerdan maslahat so'raganini aytdi, chunki klub bu mavsumda Premer-liga chempionligi uchun 20 yillik intilishni tugatib, chempion bo'lishni maqsad qilgan.
"Men u bilan bir necha bor gaplashganman. Venger APLni qanday yutganlari va keyingi bosqichga qanday o'tgani haqida suhbatlashganmiz.
Venger men o'yinchi bo'lganimda bu haqda gapirardi. Mavsumning bu davrida, oxirida qanday g'alaba qozonish yo'lini topish haqida ko'p aytib bergan.
Juda qisqa ochkolar farqi bilan g'alaba qozonish yo'llarini Venger juda yaxshi bilardi. U har doim bu haqda gapirishdan qo'rqmaydi", – dedi Arteta.
Manba: espn.co.ukFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!