Bolt umidini uzmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Sakkiz karra Olimpiya chempioni va engil atletika bo'yicha 11 karra jahon chempioni yamaykalik Useyn Bolt “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappega raqiblik qiladi.
Bu haqda u Madriddagi (Ispaniya) Laureus World Sports Awards Sports tantanali marosimida aytdi.
Jurnalist: Useyn Bolt har qanday futbolchiga qarshi. Qaysi birini tanlaysiz?
Bolt: Men Mbappe qanchalik tez ekanligini ko'rmoqchiman.
Jurnalist: Sizningcha, u sizni mag'lub eta oladimi?
Bolt: Albatta yo'q. Lekin bu mening ko'rsatkichlarimga qanchalik yaqin ekanini ko'rmoqchiman (kuladi).
Umid qilamanki, bir kun u trassaga tushib, soatga qarshi 100 metrga yuguradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!