Zlatan hal qilar ekan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
Sobiq hujumchi va hozirda "Milan"ning katta maslahatchisi Zlatan Ibrahimovich jamoaning yangi bosh murabbiyini tanlashda, shuningdek, yozgi transfer oynasida futbolchilarni xarid qilishda muhim rol o'ynaydi.
Avvalroq, OAVda shved Antonio Konteni bosh murabbiylikka taklif qilishdan manfaatdor ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. "Milan" rahbariyati "Bolonya" ustozi Tiago Mottani eng yaxshi nomzod deb hisoblamoqda.
33 ta o'yindan so'ng “Milan” 69 ochko bilan A Seriyada ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!