Sakki: "Menga Tiago Mottaning g'oyasi yoqadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12
"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Arrigo Sakkining fikricha, agar Stefano Pioli bilan xayrlashishga qaror qilinsa, klub "Bolonya"ning amaldagi ustozi Tiago Mottani taklif qilishi kerak.
"Bolonya"ni qarang, u o'ynashni o'rgatdi. Uning qo'l ostidagi noma'lum futbolchilar kuchli jamoaga aylandi. Men uni "Milan" uchun ajoyib murabbiy sifatida ko'raman", - deya Sakki so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Arrigo Sakki "Milan"ni 1987 yildan 1991 yilgacha, keyin esa 1996/1997 yilgi mavsumda boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!