Mbappe "Real"ga o'tsa, imidj huquqlarining qanchasini o'zida saqlab qolishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transfer oynasida frantsuz klubini tark etadi.
AS xabariga ko'ra, Mbappe "Real"ga o'tish uchun maoshini kamaytirishga rozi bo'lgan. Futbolchi "Los-Blankos" lagerida taxminan 15 million evro maosh oladi. Bundan tashqari, Mbappe imidj huquqining 80 foizini o'zida qoldiradi, buning natijasida uning daromadi deyarli ikki baravar oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kilian “Real” bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!