Ten Xag: "Hozircha birinchi yoki ikkinchi o'rin uchun kurasha olmaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya Premer-ligasidagi raqobat darajasi haqida gapirdi.
Niderlandiyalik murabbiyning fikricha, APLda joriy mavsumda chempionlik uchun kurashayotgan “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Liverpul”dan tashqari kuchli jamoalar etarli.
“Bu shunchaki ikki-uch klubning chempionlik poygasi emas. “Aston Villa”, “Tottenxem” va “Nyukasl” kabi kuchli jamoalar bor. Juda ko'p yaxshi jamoalar bor va ularning barchasi kurasha oladi. Biz o'sha jamoalardanmiz, ammo hozircha birinchi yoki ikkinchi o'rin uchun kurashadigan holatda emasmiz. Bu fakt”, - dedi Ten Xag shanba kuni “Byornli”ga qarshi o'yin oldidan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!