"Yuventus" yarim himoyachisi Premer-ligaga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
"Yuventus" yarim himoyachisi Ueston Makkenni yozda klubini o'zgartirishi mumkin.
"Byankonerilar" rahbariyati amerikalik futbolchini u bilan yangi shartnoma shartlari bo'yicha kelisha olmagani uchun sotishga qaror qildi. La Gazette Dello Sport xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi yarim himoyachining joriy mavsumdagi o'yinlaridan hayratda.
Ueston Makkennining "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!