"Barsa" Kvaratsxeliyaga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
"Barselona" Xvicha Kvaratsxeliyaga qiziqish bildirmoqda.
La Gazette Dello Sport nashri xabariga ko'ra, kelasi hafta vingerning agenti Mamuka Djugeli Neapolga keladi va "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib boradi. Shu bilan birga, klub rahbariga futbolchining "Barselona"ga o'tishi stsenariysi taqdim etilishi ehtimoli yuqori.
Xavining bosh murabbiy sifatida qolish qarori e'lon qilinganidan so'ng, "blaugranalar"ning Kvaratsxeliya bilan shartnoma imzolashga urinishlari ehtimoli oshdi. Ispaniyalik mutaxassis Xvichaning mahoratini yuqori baholaydi.
"Napoli" vingerni saqlab qolmoqchi va maoshini 1,5 million evrodan 4 millionga oshirishni taklif qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!