Fabritsio Romano: "Liverpul" Kloppning o'rnini egallaydigan murabbiy bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
Arne Slot "Liverpul"ning yangi bosh murabbiyi bo'ladi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, mersisaydliklar "Feyenoord" bilan rekord miqdordagi tovon puli borasida kelishib olishgan. 45 yoshli mutaxassis bilan shartnoma tafsilotlari ham kelishib olindi.
Slot yozda avvalroq ingliz klubini tark etish qarorini e'lon qilgan Yurgen Kloppning o'rnini egallaydi.
Niderlandiyalik mutaxassis Rotterdam jamoasini 2021 yildan buyon boshqarib keladi va o'tgan mavsumda ularni chempionlikka etakladi. "Feyenoord" hozirda PSVdan 9 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!