Gyuler so'nggi 3 ta o'yinda 2 ta gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14
Arda Gyuler La Ligadagi so'nggi uchta o'yinida ikkita gol urdi.
Bugun "Real Madrid" yarim himoyachisi Ispaniya chempionati o'yinida asosiy tarkibda ilk bor maydonga tushdi va 29-daqiqada himoyachi Daniel Karvaxalning uzatmasini gol bilan yakunladi. Madridliklar “Sosedad”ga qarshi bahsda shu gol evaziga g'alaba qozondi – 1:0.
19 yoshli turkiyalik ilk golini 10 mart kuni “Selta”ga qarshi o'yinda kiritgandi.
Gyuler hisobida La Ligada jami 6 ta o'yin bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!