"Liverpul" Slot uchun to'lashi mumkin bo'lgan tovon puli summasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
"Feyenoord" bosh murabbiyi Arne Slot katta ehtimol bilan faoliyatini Angliyada davom ettiradi.
Daily Mail nashri xabariga ko'ra, "qizillar" tez orada germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp ketganidan so'ng jamoaning navbatdagi murabbiyi Slot bo'lishini e'lon qiladi.
Qayd etilishicha, "Liverpul" Niderlandiya klubiga 15 million evro tovon puli to'lashi kerak. Mutaxassis bilan birga uning murabbiylar shtabi ham "Liverpul"da ish boshlaydi.
Slotning "Feyenoord" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda "Feyenoord" Niderlandiya chempioni bo'lishi dargumon, chunki, peshqadam PSV bilan farq 9 ochkoni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!