Shvetsiya VAR tizimidan voz kechganini e'lon qilgan birinchi Evropa davlati bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Shvetsiya futbolida videoyordamchi hakamlar bo'lmaydi. Aksariyat klublar VAR joriy etilishiga qarshi chiqdi, shuning uchun tizim joriy etilmaydi. Bu haqda rasman e'lon qilindi.
Aytish joizki, shved muxlislari VARni qo'llab-quvvatlamadilar. Bu tizimda ular samimiy futbol tuyg'ularining o'ldirilishini ko'rgan va ko'rishda davom etmoqda.
Shvetsiya VAR tizimidan voz kechganini e'lon qilgan birinchi Evropa davlati bo'ldi. Shu bilan birga, tizim hamma joyda ham ishlamasligi aniq, chunki uni amalga oshirish katta moliyaviy sarmoyalarni talab qiladi.
Qo'shimcha qilib o'tamiz, Shvetsiyaning amaldagi chempioni - "Malmyo" hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!