Ten Xag: "O'tgan mavsum Reshfordning faoliyatidagi eng yaxshisi bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Markus Reshford so'nggi haftalar va oylarda duch kelgan tanqidlar haqida gapirdi.
"Men unga hamdardman. O'ylaymanki, o'tgan mavsum uning faoliyatidagi eng yaxshisi bo'ldi. U 30 ta gol urdi va nimalarga qodirligini ko'rsatdi. U bu mavsumda u darajada o'ynamayapti va odamlar uni juda tanqid qilmoqda. Menimcha, biz uni qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Hamma uni qo'llab-quvvatlashi va o'tgan mavsumda ko'rsatgan darajasiga olib chiqishi kerak" - dedi Ten Xag matbuot anjumanida.
"Manchester Yunayted" navbatdagi o'yinni 27 aprel, shanba kuni o'z maydonida "Byornli"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!