"Chelsi" yozda Nunesni sotib olishga uringani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Insayder Fabritsio Romano "Chelsi" o'tgan yozda "Liverpul" hujumchisi Darvin Nunesni sotib olishga uringanini ma'lum qildi.
"Chelsi" o'tgan yozgi transfer oynasi oxirida Darvin Nunesni sotib olishga harakat qilgan.
"Ko'klar" transferni amalga oshirish uchun muzokara olib borishgan. Ammo "Liverpul" rad javobini bergan, ayniqsa Yurgen Klopp.
"Men Yurgen Kloppning "yo'q" deganini eshitdim va Darvin Nunesni "Liverpul"ning buguni va kelajagi uchun asosiy o'yinchi sifatida klubda qoldirishni xohlayotganini aytdi. Ammo "Chelsi" unga juda qiziqdi", - dedi Romano.
24 yoshli urugvaylik futbolchi joriy mavsumda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!