"Ayntraxt" "PSJ" hujumchisini sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
Hujumchi Ugo Ekitike Frankfurtning "Ayntraxt" klubining futbolchisiga aylanadi.
Nemis klubi rasmiy sayti xabar berishicha, futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi va "PSJ" o'z futbolchisini sotishdan 16,5 million evro oladi.
Ekitike shu yilning qishidan beri Frankfurtning "Ayntraxt" klubida to'p tepmoqda, ijara shartnomasi joriy mavsum oxirigacha hisoblangan.
Hujumchi "Ayntraxt" safida barcha turnirlarda 12 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 21 yoshli futbolchining transfer qiymati 15 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!