"Chelsi" futbolchilari murabbiy tarafida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
Maurisio Pochettino bosim ostida. Bu ayniqsa London derbisida "Arsenal"dan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin kuchaydi. "Chelsi" hozirda Premer-liga turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
Jurnalist Nizar Kinsellaning so'zlariga ko'ra, “Chelsi” futbolchilari Pochettinoning bosh murabbiy lavozimidan bo'shatilishini istamaydi. Argentinalik mutaxassis ko'pchilik futbolchilar tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.
“Chelsi” Angliya chempionatidagi navbatdagi o'yinini 27 aprel, shanba kuni “Aston Villa”ga qarshi raqib maydonida o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!