Hakamimiz Osiyo kubogi chorak finalida ishlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10
Xabaringiz bor, Qatar yashil maydonlarida o'tkazilayotgan U-23 Osiyo kubogida 4 nafar hakamimiz ishtirok etmoqda.
Musobaqa ilk chorak final bahslari rasmiylari e'lon qilindi. Ushbu bosqichdan o'rin olgan Iroq — Vetnam uchrashuvi rasmiylari qatorida vakilimiz — Firdavs Norsafarovning ham borligini e'tirof etish lozim. Ushbu uchrashuvda Norsafarov VAR hakamlari safidan o'rin olgan.
"Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 26 aprel kuni soat 22:30 da start oladi. Vakilimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!" - deyiladi O'zbekiston futbol hakamlari markazining rasmiy bayonotida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!