Reshford internetdagi haqoratlardan nolidi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford internetdagi haqoratlardan shikoyat qildi. Angliyalik futbolchi "qizil iblislar" insayderi "UtdParadigm" posti ostida shunday izoh qoldirdi: "Men sizning qo'llab-quvvatlashingizni qadrlayman. Bu zo'ravonlik. Mana bir necha oydan beri davom etmoqda. Bas!"
Muxlislar futbolchiga bo'lgan munosabatni 1,85 million odamga ega "Manchester Yunayted" haqidagi YouTube-kanali muallifi bloger Mark Goldbridjni ayblamoqda. "Koventri" bilan o'yindan keyin u Reshfordni tanqid qildi: "Nega Erik Ten Xag Reshfordni maydonda qoldiradi? Bu g'ildiraksiz axlat mashinasi kabi foydali. U "Manchester Yunayted"da o'ynamasligi kerak. Uning shartnomasini ko'rdingizmi?" - degandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!