Ryudiger: "Germaniyada biz tizimlarga o'rganib qolganmiz va uni Nagelsmann olib kelgan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
"Real Madrid" va Germaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Yulian Nagelsmanning Germaniya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi.
“Nagelsmann ajoyib mutaxassis. Menimcha, u juda, juda yaxshi murabbiy va Germaniya uchun shartnomani uzaytirgani yaxshi bo'ldi. Chunki men uni mamlakatimizdagi eng yaxshilaridan biri deb bilaman. Bizga shunday murabbiy kerak. Germaniyada biz tizimlarga ko'proq o'rganib qolganmiz. Va u juda yaxshi tizimni olib keldi. Shuning uchun u biz uchun muhim" - dedi Ryudiger.
Germaniya futbol assotsiatsiyasi 19 aprel kuni Nagelsmann bilan shartnomani uzaytirganini ma'lum qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!