Islom Maxachev Poredan so'ng Arman Sarukyanga qarshi jang qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev Dastin Pore bilan jangdan so'ng Arman Sarukyanga qarshi oktagonga ko'tariladi.
“Islom Porega qarshi jangda kamarini himoya qiladi, undan so'ng Armanga (Sarukyan) qarshi jang bo'ladi. U barcha raqiblarini engdi va reytingda birinchi o'ringa ko'tarildi, shu sababdan bu jang bo'lishi kerak deb hisoblaymiz.
Hozircha mana shu 2 ta jang rejamizda bor. Qolganini keyin ko'ramiz. Sarukyanga qarshi jang 2024-yildami? Ha, shu yil bo'ladi. Abu-Dabi yoki Nyu-Yorkda ular to'qnash keladi”, — deydi Maxachevning menejeri Rizvon Magomedov.
Qayd etib o'tish joiz, Islom va Arman 2019 yilda UFC Fight Night 149 doirasida jang qilgan va unda Maxachev ochkolar evaziga g'alaba qozongandi.
Eslatib o'tamiz, UFC 302 turnirida Islom Maxachev Dastin Porega qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu jang 2 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Maxachev — UFC chempioni va P4P reytingi etakchisi hisoblanadi. U 2023 yilda ikki marta Aleks Volkanovskini mag'lub etgandi. Pore esa 2024 yil martida Benua Sen-Denini mag'lubiyatga uchratgandi.