"Bavariya" muxlislariga Rangnik yoqmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
"Bavariya" muxlislari Tomas Tuxelni himoya qilish uchun petitsiya yozishdi.
Fevral oyida Myunxen klubi mutaxassis mavsum yakunlanganidan keyin jamoa bosh murabbiyligidan ketishini ma'lum qilgandi.
"Bavariya" shundan so'ng Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi va "Real" bilan o'ynaydi. "Bavariya" muxlislari Tomas Tuxeldan klub bosh murabbiyi lavozimida qolishni so'rab petitsiya chop etishdi.
“Biz Rangnikni emas, Tuxelni xohlaymiz!” deb nomlangan petitsiya seshanba kuni yaratilgan va deyarli 10 000 imzo to'plagan.
“OAVda salbiy ma'lumotlar va jarohat olgan Myunxen jamoasining kadrlar holatiga qaramay, Chempionlar ligasi sovrindori o'z jamoasini Chempionlar ligasi yarim finaliga olib chiqdi. Unai Emeri yoki Rangnik kabi nomzodlarni hurmat qilsakda, bu murabbiylarni Tuxel bilan solishtirib bo'lmaydi”, - deyiladi petitsiyada.