Gyuler "Real"ni tark etmasligini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler yozgi transfer oynasida jamoasini tark etishni istamayapti.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, turkiyalik futbolchining boshqa jamoaga ketish istagi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
19 yoshli Gyuler joriy mavsum La Ligada 5 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Mavsumning birinchi yarmida yarim himoyachi turli jarohatlar tufayli jamoasiga yordam bera olmadi.
Avvalroq Gyulerning ijarasiga Ispaniya chempionatining bir qator jamoalari qiziqayotgani haqida xabar berilgandi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda yarim himoyachi "Real"ga 20 million evroga evaziga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!