"Jenoa" o'z bosh murabbiyiga yangi shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
"Jenoa" jamoasi bosh murabbiyi Alberto Djilardinoga yangi shartnoma taklif qildi.
Italiyalik mutaxassis 2022 yildan buyon jamoani elit divizionga olib chiqishga muvaffaq bo'ldi va ayni damda turnir jadvalida 12-o'rinni egallashiga yordam bermoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "Jenoa" Djilardinoga yiliga 850 ming evro maosh bilan 2026 yilgacha shartnoma taklif qilgan. Murabbiy o'ylashga vaqt so'radi. Unga Italiya A Seriyasining yana uchta klubidan taklif bor.
Eslatib o'tamiz, Djilardino avvalroq "Jenoa"da futbolchi sifatida o'ynagan. 2006 yilda Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi jahon chempioni bo'ldi va biroz vaqt o'tib "Milan" tarkibida Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!