Xavi Erik Garsiyadan "Barselona"da qolishni so'raydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes markaziy himoyachi Erik Garsiyadan keyingi mavsumda jamoada qolishini so'ramoqchi.
Sport.es xabariga ko'ra, Xavi Garsiyaning yozda jamoada qolishini istamoqda. Biroq futbolchi avvalgidek muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmasligidan qo'rqadi. Qolaversa, "Barselona"da markaziy himoyachi pozitsiyasida bir qancha top-o'yinchilar bor.
Garsiya 2021 yilning yozida "Manchester Siti"dan "Barselona"ga ko'chib o'tgan, biroq asosiy jamoada o'z o'rniga ega bo'la olmagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!