Klopp Nkunkuni jamoaga olmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
Londonning “Chelsi” jamoasida to'p tepayotgan frantsiyalik hujumchi Kristofer Nkunku Angliyaning boshqa top-klubida o'ynashi mumkin edi. "Liverpul" futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgan.
Rahbariyat frantsiyalik futbolchini taklif qilmoqchi bo'lgan, ammo jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp urugvaylik hujumchi Darvin Nunesni qo'lga kiritishni ma'qul ko'rgan.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli forvard 2023 yilning yozida "Chelsi"ga o'tgan edi. Bitim summasi 60 million evroni tashkil etdi. Nkunku London jamoasi bilan 2029 yilning o'rtalariga qadar uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!