"Ayaks" Ten Xagni qaytarishi mumkin, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Amsterdamning "Ayaks" klubi Erik ten Xagni bosh murabbiylikka qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda. De Telegraaf xabariga ko'ra, agar niderlandiyalik yozda "Manchester Yunayted"dan ishdan bo'shatilsa, sobiq jamoasi uni qaytarishga harakat qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, “Ayaks”da bosh murabbiylikka yana ikkita nomzod bor. Ulardan biri yaqinda Amsterdam klubiga o'tishdan bosh tortgan "Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Grem Potterdir.
Ammo, agar "Ayaks" moliyaviy taklifini yaxshilasa, ingliz fikrini o'zgartirishi mumkin. Niderlandiya jamoasi endigina 35 yoshga to'lgan "Nitstsa" bosh murabbiyi Franchesko Fariolini jamoaga taklif etish variantini ham ko'rib chiqmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!