U23 Osiyo kubogi. Dastlabki yarim finalchilar aniq bo'ldi (turnir setkasi)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
Dohada bo'lib o'tayotgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi o'zining hal qiluvchi pallasiga keldi.
Kecha turnir doirasidagi dastlabki ikki chorak final bellashuvlari bo'lib o'tdi. Ularda mezbon Qatar Yaponiyaga qo'shimcha bo'limlarda (2:4) imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsa, Indoneziya sensatsion tarzda Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida engib (2:2, penaltilar seriyasi - 10:11) yarim finalga chiqdi. Bugun O'zbekiston - Saudiya Arabistoni va Iroq - Vetnam bahslari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Parij-2024 Olimpiadasiga Osiyo kubogida 1,2 va 3-o'rinni olgan terma jamoalar yo'l oladi. 4-o'rin sohibi Afrika jamoasi bilan pley-offda o'ynaydi.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!